Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fatvo berishga kim haqli?

A A A
Fatvo berishga kim haqli?

Olim yoki hokim yoxud muftiy biror masalada fatvo berguday bo‘lsa, unga ikki ilmni bilish lozim bo‘ladi: 1. Voqe’likni fahmlash ilmi. 2. Voqe’likda nima vojibligini fahmlash ilmi.

Imom Ibn Qayyim rohimahulloh

Izoh: Ushbu fikrga tegishli ikki mulohaza bor. Birinchisi, imom Ibn Qayyimning so‘zlardan shu narsa anglashilyaptiki, fatvo berish olim, hokim (qozi), yo muftiyning ishi ekan. Yaxshi zamonlarda fatvo mas’uliyatini bu uch kishidan boshqalar zimmalariga olishmagan.

Ikkinchi mulohaza, kishini fatvo rutbasiga haqli qiladigan o‘nlab ilmlarni yaxshilab egallagan kishilarga Ibn Qayyim rohimahulloh shu ilmlar qatori fahm-farosat ilmiga ega bo‘lmog‘i ham lozim demoqdalar. Birinchisi, fatvoni kitobdagi ilmlarni nazardan qochirmagan holda voqe’likni hisobga olib, chiqarish bo‘lsa, keyingisi masala so‘ralgan holatga aynan nima muvofiqligini fahmlash darkor. Bu ikki ilm insonda harakat va o‘rganish bilan qozonilmaydi. Balki ular bandada tabiatan mavjud bo‘lib, buni Alloh bergan, deyiladi.

Demak, qanchali bilimli bo‘lmasin, fahm-farosatda tanqislikka uchragan odam fatvodan o‘zini tiygani ma’qul. Endi bilimi bo‘lmasa, og‘izni butunlay yumgan yutadi...

Mubashshir AHMAD

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:53 09.08.2018. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik