Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fashistlar Kamol Advan kasalxonasining bolalar bo‘limiga hujum qildi

Fashistlar Kamol Advan kasalxonasining bolalar bo‘limiga hujum qildi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 395 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Bayt Lahiya, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41341 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Fashistlar Kamol Advan kasalxonasining bolalar bo‘limiga hujum qildi, 6 kishi yaralandi. Suv idishi ham portlatilgan.

▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: anklav shimolida ishimiz majburan to‘xtatilganiga 13-kun bo‘ldi. Jamoaning 7 a’zosi bosqinchilar tomonidan qo‘lga olingan. G‘azo shimolida minglab odamlar yordamsiz qolgan.

▪️ “Hizbulloh” Isroilga qarshi 28 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Hayfadagi havo kuchlarining texnik bazasi birinchi marta hujumga uchradi. Meron bazasidagi razvedka bo‘linmasi, Yaara kazarmasi, Safad, Tel-Aviv hamda Shaal va Xazor aholi punktlariga ham hujum qilindi.

▪️Bosqinchilar Livanning Saida, Tir va Bekaa vodiysi shaharlariga hujum qildi. Tajovuz boshlanganidan buyon 2897 kishi halok bo‘ldi, 13402 kishi yaralandi.

▪️Bosqinchi matbuoti: olingan namunalar HAMAS rahbari Yahyo Sinvar va uning odamlari o‘limidan oldin uch kun davomida hech narsa yemaganini ko‘rsatdi.

▪️Husiylar: Operasiyalarimiz Isroil yuk tashish kompaniyalarini o‘z aktivlarini sotishga undadi.

▪️Turkiya BMTga 52 davlat va ikki tashkiloti – Arab ligasi hamda Islom hamkorlik tashkiloti imzolagan Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqiruvchi xatni topshirdi. Xatni, jumladan, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Braziliya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Jazoir, Xitoy va Eron imzolagan. Ular orasida O‘zbekiston yo‘q.

▪️Daily Islamist: G‘azodagi bosqinchilik harakatini yakunlab qaytgan isroillik harbiy o‘z uyida joniga qasd qildi.

Kiritildi: 20:36 04.11.2024. O'qildi: 1341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!