Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Fashistlar Kamal Advan kasalxonasiga bomba tashladi

Fashistlar Kamal Advan kasalxonasiga bomba tashladi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 413 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafah, Dayr al-Baloh, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 110 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 44 056 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Fashistlar Kamal Advan kasalxonasiga bomba tashladi, 7 nafar shifokor yaralandi.

▪️Kasalxona direktori Kamal Advan: Kasallar va yaradorlar shu yerda ekan, G‘azo shimolida qolishga majburmiz.

▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: Sharqiy G‘azoda ishg‘olchilar qoldirgan konservalardan 15 bola va ayol zaharlandi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Bayt Lahiyadagi 15 ta bosqinchi nol masofadan yo‘q qilindi. Jabaliya va Nitsarim o‘qida ishg‘ol uskunalariga hujum qilindi.

▪️"Hizbulloh" Hayfadagi bosqinchi dengiz flotiga, Akkadagi Sharaga bazasiga va Ashdoddagi Havor havo bazalariga hujum qildi. Xiamdagi askarlar konsentrasiyasiga 10 marta hujum qilindi, Shamada "Merkava" tanki yo‘q qilindi.

▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Bosqinchilarning Baalbekdagi hujumlari natijasida 47 kishi halok bo‘ldi, 51 kishi yaralandi. Bosqinchilar Bayrut chekkasidan majburiy evakuasiya qilishni buyurdi.

▪️Xalqaro jinoyat sudi Bosh prokurori butun dunyo davlatlariga murojaat qilib, Netanyaxu va Galantni hibsga olish qarorini amalga oshirishda yordam so‘radi. Aksariyat davlatlar isroillik bosqinchi rahbarlarni ta’qib qilish qat’iyatini tasdiqladi.

Kiritildi: 21:12 22.11.2024. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!