Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Fasebook” orqali Jon Patrikdan kredit olmoqchi bo‘lgan surxondaryolik ayol 1,9 ming dollaridan ayrildi

“Fasebook” orqali Jon Patrikdan kredit olmoqchi bo‘lgan surxondaryolik ayol 1,9 ming dollaridan ayrildi

Sariosiyo tumanida yashovchi S.A. “Fasebook” internet ijtimoiy tarmog‘i orqali “Jiddiy tezkor kredit taklifi” deb nomlangan kanalga kiradi. Bu yerda kredit berilishini bilgan Sevara 80 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘ini 2 foizlik to‘lov asosida, 25 yil davomida qaytarish sharti bilan olmoqchi bo‘ladi.

Xullas, o‘zini Fransiya fuqarosi Jon Patrik deb tanishtirgan shaxs tomonidan yuborilgan hisob raqamiga kredit olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga 19362 AQSh dollari miqdoridagi pulni o‘tkazib beradi. Shundan so‘ng, bir yil o‘tsa-da, S.A. kredit tugul, pullarini ham qaytarib ololmaydi.

Fuqaro Ichki ishlar vazirining virtual qabulxonasiga murojaat qilib, ushbu masalada yordam berilishini so‘radi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 14:16 18.06.2021. O'qildi: 2820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!