Prezident tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ta’kidlanishicha, bu orqali tumanda 2 mingta yangi ish o‘rni yaratish, turizm xizmatlari hajmini 15 mlrd so‘mga, eksportni esa $2 mlnga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, har bir mahallada 10 tadan, jami 300 ta mikro loyiha ishga tushirilib, 8,6 ming aholi kasb-hunarga o‘qitiladi.
Bu loyihalarga banklar tomonidan 64 mlrd so‘m kredit ajratiladi, ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlari uchun esa qo‘shimcha 74,5 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.