Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onalik shaxs o‘quvchi qizga nisbatan zo‘ravonlik qildi

Farg‘onalik shaxs o‘quvchi qizga nisbatan zo‘ravonlik qildi

2019 yil 15 yanvar kuni I.S. (ismli ayol) Farg‘ona shahar IIBga murojaat qilib, unda joriy yilning 12 yanvar kuni noma’lum shaxs Juydam MFY dala maydonida o‘rta maktabning yuqori sinfida tahsil oluvchi o‘g‘li va uning sinfdoshi S.X. (ismli qiz)larni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, Samsung va Iphone rusumli mobil telefonlarini olib ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiasr ko‘chasida yashovchi J.O. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:59 17.01.2019. O'qildi: 3055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!