Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onalik bloger Dima Qayum «samosud» qilindi. O‘zi tahqirlandi, telefoni sindirildi (Video)

Farg‘onalik bloger Dima Qayum «samosud» qilindi. O‘zi tahqirlandi, telefoni sindirildi (Video)

Bloger Dima Qayumga nisbatan kecha, 15 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida «samosud» holati uyushtirildi. Bu haqda "7news.uz" yozmoqda.

Uning olib borayotgan hayrli ishlari va blogerlik faoliyati g‘ashiga tekkan, kutubxona qurilishiga qarshi bir guruh shaxslar tomonidan bo‘lgani, ya’na usha bozorchi-ayollarimizni ishga solishgani taqdim etilgan video-foto materiallarda ko‘rinib turibdi.

Dima Qayumga nisbatan tajovuz, tahdidni, samosud holatini va unga tegishli telefon ekranini sindirib tashlanganini keskin qoralaymiz va tegishli vazirlik va idoralardan bu holatni zudlik bilan o‘rganib chiqishlarini va alohida nazoratga olishlarini so‘raymiz.

Bir guruh shaxslar tomonidan “Bozor buzilganida aybdorsan”, “kutubxona qurmaysan” deb ayblanib, “Samosud” qilingan Dima Qayum aks etgan videoni ko‘rib, yurtdoshlarimizning huquqiy ongi pastligidan ular o‘z xatti-harakatlari bilan inson haq-huquqlarini paymol etib, o‘zboshimchalik qilib, ularning o‘zi jinoyatga qo‘l urayotganini anglab yetmagani ko‘rinib turibdi. («Qo‘shi mahalla»)

Kiritildi: 14:55 16.10.2019. O'qildi: 14060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!