Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Farg‘ona shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilarning mas’uliyatsizligi oqibatida bolani tok urganligi holati yuzasidan rasmiy malumot berildi.

❗️Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

🔴 Aniqlanishicha, joriy yilning 18-fevral kuni Farg‘ona shahrida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi voyaga yetmagan R.A. (2020 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) muassasa hududidagi transformatorlar o‘rnatilgan maxsus yerto‘laning ustki darchasidan yiqilib, tok urishi natijasida tan jarohati olgan hamda shifoxonaga olib kelingan.

✅ Hozirda voyaga yetmagan R.A.ning olgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

⌛ Mazkur holat bo‘yicha Farg‘ona shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

✅ Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Kiritildi: Bugun 17:02. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!