Bugun 12 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada o‘z onasining barmoqlarini kesib tashlagan o‘g‘ilga hukm o‘qildi

Farg‘onada o‘z onasining barmoqlarini kesib tashlagan o‘g‘ilga hukm o‘qildi

Joriy yil 30 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Toshloq tuman sudida onasining barmoqlarini tok qaychi bilan kesib tashlagan ayblanuvchi N.I.ga oid sud ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda uznews.uz yozmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 7 iyun kuni N.I. soat 08:00 atrofida o‘zi yashab kelayotgan Toshloq tumanidagi uyida onasi R.I. bilan o‘zaro o‘rtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida janjallashib ketgan. Janjal davomida o‘g‘il onasini xonadonida mavjud bo‘lgan sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyo tok qaychi bilan ikkala qo‘llari 1,5 barmoqlarini barmoq kaft bo‘g‘imlari asosiy falangasidan o‘ta shafqatsizlik bilan kesib tashlab, hodisa joyidan ketib yuborgan.

Dastlabki tergov organi tomonidan N.I.ning harakatlari JKning 104-moddasi 2-qismining "v,l" bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi qaror asosida sudga yuborilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, JKning 104-moddasi 2-qismining "v,l" bandi bilan N.I.ni ayblashga oid jinoyat ishi, uning ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib tugatildi.

Sudlanuvchiga ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanish uchun tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanildi va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tibbiy yo‘sinda majburiy tartibda davolanishi uchun yuborildi.

Kiritildi: 13:55 21.08.2024. O'qildi: 3188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!