Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada to‘y kortejidagi avtomobildan soxta pul sochgan yigitga chora ko‘rildi

Farg‘onada to‘y kortejidagi avtomobildan soxta pul sochgan yigitga chora ko‘rildi

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida avtomobil lyukidan tanasini chiqarib, soxta pul sochgan yigitga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmatiga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil salonidan chiqib, pul sochayotgan yigit aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

Akamning to‘yidagi to‘y kortejida pul sochgan edim. Bu harakatimni qo‘l telefonimga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladim. So‘ngra mening ushbu xatti-harakatlarimning noto‘g‘ri ekanligini tushuntirishdi. Bu ishimdan pushaymonman, tengdoshlarimga ham tavsiya qilmayman, — deydi huquqbuzar yigit.

Unga ko‘ra, pul sochgan yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 16:20 01.06.2024. O'qildi: 1413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!