Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada "Tracker"ni boshqargan 5-sinf o‘quvchisining otasiga chora ko‘rildi

Farg‘onada "Tracker"ni boshqargan 5-sinf o‘quvchisining otasiga chora ko‘rildi

Farg‘ona viloyatining Sox tumanida beshinchi sinf o‘quvchisi otasiga tegishli Tracker avtomobilini boshqargan. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxsning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

O‘rganishlar davomida avtomobil boshqaruvida So‘x tumani 11-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi bo‘lganligi, transport vositasi uning otasiga tegishli ekanligi aniqlandi. Transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Ushu holat yuzasidan avtomobil boshqaruvida bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsining otasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasi va 135-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Kiritildi: 15:57 22.09.2026. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!