Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada Nexia-2 velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi

Farg‘onada Nexia-2 velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Nexia-2 velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 21 sentyabr kuni soat 12:00 larda Marg‘ilon shahar Usmon Nosir va Ahmad Yassaviy ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Harakatlanib kelayotgan Nexia-2 haydovchisi avtomobil yo‘liga chiqqan velosipedchi — 2015 yilda tug‘ilgan M.A.ni urib yuborgan.

Natijada M.A tan jarohati olgan. Shu vaqtda M.A.ni uning otasi va haydovchi shifoxonaga olib borgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda BYD urib yuborgan 9 yoshli maktab o‘quvchisi vafot etgandi. Xuddi shu kabi holat 1 iyul kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan. 140 km/soat tezlikda harakatlanayotgan BYD rusumidagi avtomobil tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 9 yoshli qizaloqni bosib ketib, uning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgandi.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!