Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada jinoyatchi ayol qo‘lga olindi. U 5 yilgacha qamalishi mumkin

Farg‘onada jinoyatchi ayol qo‘lga olindi. U 5 yilgacha qamalishi mumkin

Oltiariq tumani. 10 fevral kuni U.M. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan tibbiyot birlashmasida qo‘lidagi sumkasidan narxi 800.000 so‘mlik “Samsung A-3» rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi haqida ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.M. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kiritildi: 12:09 25.05.2021. O'qildi: 2558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!