Farg‘ona viloyatida benzin narxi 10 ming so‘mga chiqib ketgani haqida yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Manbaning ma’lum qilishicha so‘nggi kunlarda havoning keskin sovib ketishi oqibatida metan quyish shahobchalarida uzundan uzun navbatlar yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida benzin narxi ham keskin qimmatlashib ketgan. Odamlar metandagi navbatdan charchab benzinga kelsa u yerda ham navbat. Aholining aytishicha benzin taqchilligi sabab Toshkentga qatnaydigan taksilardan benzin olib kelishni iltimos qilishmoqda. Ushbu muammolar ortida Farg‘onada yo‘l kira haqi ham ikki bavaravarga qimmatlashib ketgan. Yo‘llarda yoqilg‘i tugaganligi sabab mashinalar yo‘l chetida qolib ketmoqda..
Shuningdek, ishlayotgan “zapravkalar”da plastik karta o‘tmayotgani ham aytilmoqda. Aholi kartadagi pulini naqd qilib olishga bankomatga borsa, u yerda ham navbat.
Aholi ushbu holatlarga “Doimgidek sabr qilamizda. Bu kunlar ham o‘tib ketar?!”, deya izoh bermoqda.