Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada firibgarlik "qurboni" bo‘lgan Nexia o‘z egasiga qaytarildi

Farg‘onada firibgarlik "qurboni" bo‘lgan Nexia o‘z egasiga qaytarildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida 17.09.2020 yilda ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi bo‘yicha N.Latipov O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, undan aldov yo‘li bilan sotib yuborilgan jabrlanuvchi Z.Sharipovaga tegishli Nexia rusumli transport vositasi qaytarilishi belgilangan.

Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan mazkur sud qarori ijrosi yuzasidan 05.10.2020 yilda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va qarzdor N.Latipov yashab kelgan manzil tekshirilganida ushbu transport vositasi mavjudligi aniqlanmagan.

Shunga ko‘ra, mazkur transport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan pastrul-post xizmati inspektorlari o‘zaro hamkorlikda olib borilgan tezkor choralar natijasida joriy yilning 03 may kuni begona shaxs boshqaruvida Farg‘ona shahrida harakatlanib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Shundan so‘ng, avtomashina Rishton tumani, YA.Sulaymonov ko‘chasi,  22-uyda yashovchi Z.Sharipova olib borib shaxsan o‘ziga topshirilgan. Shu tarzda sud qarori ijrosi to‘liq ta’minlanib, yuritilgan ijro hujjati bo‘yicha ish yuritish ham tamomlangan.

Kiritildi: 14:51 11.05.2021. O'qildi: 1772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!