Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona viloyatida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan metan «zapravka» gaz ta’minotidan ajratildi

Farg‘ona viloyatida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan metan «zapravka» gaz ta’minotidan ajratildi

«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan «E.G.S.-2.» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida AGTKShlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi.

Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo‘luvchi omillar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKSh (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.

Kiritildi: 15:26 29.04.2024. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!