Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro M.I. fuqaro G.YA.ning ishonchiga kirib, auksion savdolari orqali Farg‘ona shahar, “Shodiyona” MFY hududidan savdo do‘koni qurish uchun yer maydonini olib berib, go‘yoki qurilish inspeksiyasida ishlovchi tanishlari orqali qurilishga ruxsatnoma olib berishi evaziga 2 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.