Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.U. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Qapchug‘ay” MFY hududidagi kadastr hujjati yo‘q binoda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, undan umumiy bahosi 233,3 mln so‘mlik turli nomdagi jami 13 439 dona tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.