Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘ona tinchlik forumi: barcha davrlarda dolzarb bo‘lgan hamjihatlik an’anasi

Farg‘ona tinchlik forumi: barcha davrlarda dolzarb bo‘lgan hamjihatlik an’anasi

15 -16 oktyabr kuni Farg‘ona shahrida birinchi xalqaro tinchlik forumi o‘z ishini boshladi. Tinchlikni saqlash sohasi mutaxassislari va yetakchi diplomatlar etnik xilma-xillikka ega bo‘lgan Farg‘ona vodiysi mintaqasida tinchlikni mustahkamlashda asosiy omil bo‘lgan Markaziy Osiyodagi hamjihatlikning azaliy an’anasiga yuksak baho berishdi.

17 million atrofida aholi yashayotgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlaridagi bu keng mintaqa, o‘n yillar davomidagi keskinliklardan keyin, tinchlik o‘rnatishning muvaffaqiyatli namunasiga aylandi. Bu yerdagi tinchlik va barqarorlikning qayta tiklanishiga Markaziy Osiyodagi uch davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov joriy yil mart oyida Xo‘jand shahrida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi deklarasiya va Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi qadimiy tinch-totuv yashash an’anasini qayta tiklash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi.

U Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining yubiley 80-sessiyasida aytgan so‘zlarini esladi: "Markaziy Osiyoda yopiq chegaralar, hal etilmagan nizo va mojarolar davri o‘tmishda qoldi. Bugun Yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlandi.

O‘nlab yillar davomida Farg‘ona vodiysi murakkab ziddiyatlar hududi sifatida qabul qilindi. Bugun esa u yaxshi qo‘shnichilik, ochiqlik va birgalikda bunyodkorlik orqali ishonchsizlikning tarixiy merosini qanday yengib o‘tish mumkinligi bo‘yicha namunaga aylanmoqda," — dedi Eldor Aripov.

"Farg‘ona shunchaki vodiy emas. Bu Markaziy Osiyoning ko‘zgusidir. Agar bu yerda tinchlik bo‘lsa, u butun mintaqada akslanadi," — deya qo‘shimcha qildi u.

Forum SMTI tomonidan Progressiv islohotlar markazi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) va Tinchlik o‘rnatish xabi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

"Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida birdamlik" mavzusidagi tadbir Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi, Tojikiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining Osiyo va Yevropa mamlakatlari muammolarini o‘rganish instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Forum asosiy xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevropa Ittifoqi (EI) tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan 300 ga yaqin tinchlikparvar va mojarolarni hal qilish bo‘yicha ekspertlar ishtirok etdi.

Tojikistonning So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda Farg‘ona vodiysi shunchaki geografik makon emas, balki mintaqa xalqlarini birlashtirgan boy ma’naviy va madaniy merosga ega hudud ekanligini ta’kidladi.

Forum ochilishida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays, YEXHT Nizolarning oldini olish markazi direktori Keyt Firon, OHICHK bosh kotibi Qayrat Saribay, SHHT bosh kotibi o‘rinbosari Xan Soxayl tabrik so‘zlari bilan chiqish qildi.

16-oktabr kuni, forumning ikkinchi kunida, vodiy xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro tushunishni ifodalovchi (Birdamlik kuni) “Intimak kuni” (“Yagona birlik kuni”) ilk bor nishonlanadi.

Kiritildi: 12:44 16.10.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!