O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq to‘lovlari uchun keyinchalik penya va qo‘shimcha to‘lovlar bilan undirib olinishi haqida barcha tadbirkorlik sub’ektlari ma’lumotga egalar.
Lekin, “F.M.Z.” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 904 mln. so‘m soliq qarzi to‘lanmaganligi natijasida Farg‘ona shahar soliq inspesiyasining qarori Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Davlat ijrochisi tomonidan MCHJ rahbariga soliq qarzini to‘lashi uchun ixtiyoriy muddat belgilansada, ushbu muddat davomida qarzdorlikni barataraf etish harakatlari amalga oshirilmadi.
Shundan so‘ng davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishildi va qarzdor MCHJning barcha hisob raqamlariga band solinib, avtotransport hamda ko‘chmas mulklariga taqiq qo‘yilgach, rahbar bu ishni oxiri voyligini tushinib yetdi.
Natijada, o‘tgan ikki kun davomida 904 mln so‘m soliq qarzdorligi undirilib, davlat byudjetiga yo‘naltirildi.