Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

FarDU rektori yosh musiqachiga Mac Book berdi

A A A
FarDU rektori yosh musiqachiga Mac Book berdi

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov bugun Farg‘ona shahrining A.Jomiy mahallasida bo‘lib, Jomiy ko‘chasida yashovchi, 1-guruh nogironi Jahongir A’zamov holidan xabar oldi.

Jahongirning muammolari, qiziqishlari, orzu va maqsadlari bilan yaqindan tinishdi. Musiqa yozishga qiziqishi bo‘lgan Jahongirga rektor tomonidan zamonaviy Mac Book Air kompyuteri sovg‘a qilindi.

FarDU jamoasining bu mehr va e’tiboridan ko‘ngli ko‘tarilgan bo‘lajak musiqachi rektorga chuqur minnatdorlik bildirar ekan, o‘z iqtidorini to‘liq namoyon qilishga munosib sharoit yaratilganini, kelgusida kompyuter yordamida yangi musiqalar yozishini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona davlat universiteti rektoriga Farg‘ona shahri va So‘x tumanida yashovchi 124 nafar yosh biriktirilgan.

Kiritildi: 20:24 12.07.2023. O'qildi: 2919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!