Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi uy qamog‘iga olindi

A A A
Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi uy qamog‘iga olindi

Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchiga nisbatan uy qamog‘i shaklidagi cheklov chorasi qo‘llanildi. Bu haqda "daryo.uz" xabar bermoqda.

Uning uydan chiqishi, ma’lum shaxslar bilan aloqa qilishi, xat-xabar olishi, aloqa vositalari yordamida muzokaralar olib borishi cheklandi.

Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tuman prokuraturasining iltimosini qondirib, JKning 266-moddasi 2-bandi bo‘yicha ayblanayotgan haydovchiga cheklov chorasi qo‘lladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmidagi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 20 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 18:22 25.07.2018. O'qildi: 2376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!