Don bahosi indeksi qiymati 3 foiz kamaydi. Bunga qisman Argentinada fermer xo‘jaliklari ko‘payishi, AQSH, Argentina va Avstraliyada mavsumiy taklif o‘sishi va davom etayotgan shiddatli raqobat tufayli bug‘doy narxi keskin tushishi sabab bo‘ldi.
2023 yil global don yetishtirish 2,823 million tonnani tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Bu 2021 yildagi rekorddan 10,3 million tonna yuqori.
Noyabr oyida o‘simlik moyi narxi indeksining qiymati, uch oylik doimiy pasayishdan so‘ng, oktyabrga nisbatan 3,4 foiz oshdi. Palma va kungaboqar yog‘i jahon narxining oshishi soya va kolza moyi kotirovkasi pasayishini qopladi.
Oktyabr oyidan boshlab sut mahsulotlari narxi indeksi 2,2 foiz oshdi. O‘sish ketma-ket ikkinchi oy davom etmoqda, ammo bu qiymat o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,9 foiz past.
Sariyog‘ va yog‘siz sut kukuniga jahon narxi o‘sishi Shimoliy-Sharqiy Osiyodan import talabi yuqoriligi, cheklangan yetkazib berish va G‘arbiy Yevropada qishki ta’til oldidan ichki talab ortishi bilan bog‘liq.
Noyabr oyida go‘sht narxi indeksining o‘rtacha ko‘rsatkichi oktyabr oyiga nisbatan bir oz past bo‘ldi. Parranda, cho‘chqa va mol go‘shti narxi biroz tushishini aks ettirdi. Bu holat ishlab chiqarish va yetkazib berish yuqoriligi bilan izohlanadi.
Noyabr oyida shakar narxi indeksining o‘rtacha qiymati 1,4 foiz o‘sib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 41,1 foiz ko‘paydi. Shakar narxida qayd etilgan o‘sish, asosan, joriy mavsumda, ehtimol, Al-Ninyo hodisasi tufayli yuzaga kelgan kuchli qurg‘oqchilik tufayli eksport taklifi qisqarishi kutilayotgani bilan bog‘liq.