Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Falastinliklar qirg‘ini: Isroil G‘azo shimoliga qo‘shimcha qo‘shin yubordi

Falastinliklar qirg‘ini: Isroil G‘azo shimoliga qo‘shimcha qo‘shin yubordi

Isroil harbiylari yirik hujumni amalga oshirayotgan Jabaliya qochqinlar lagerida faoliyat yuritayotgan o‘z kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir armiya bo‘linmasini yuborganini ma’lum qildi.

Isroil armiyasi so‘nggi ikki haftadan beri Jabaliyada harakat qilayotgan kuchlari payshanba kuni yaqin masofadagi janglarda ularga qarshilik ko‘rsatayotgan o‘nlab insonlarni o‘ldirganini va havo hujumlarini amalga oshirganini aytdi. Sog‘liqni saqlash rasmiysi aytishicha, Isroilning Jabaliyadagi boshpanaga aylangan maktabga uyushtirgan zarbasi natijasida kamida 28 falastinlik, jumladan, bolalar halok bo‘lgan.

O‘tgan haftadan beri ular G‘azo shimolini qamal qilib, o‘n minglab odamlarni oziq-ovqat va suvdan mahrum qilib qo‘ygan.

Aholining aytishicha, mintaqada harakat qilayotgan Isroil kuchlari hududga bostirib kirgach, yo‘llar va uylarni portlatib yuborgan.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!