Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Falastinliklar ozodlikka erishmaguncha biz to‘xtamaymiz

A A A
Falastinliklar ozodlikka erishmaguncha biz to‘xtamaymiz

Turkiya 1967 yil chegaralari ichida va poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatining tashkil etilishiga intiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi mitingda aytib o‘tdi.

«Falastinliklar ozodlikka erishmaguncha, Isroil bosib olingan yerlarni qaytarib bermaguncha va poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil davlat yaratilmaguncha biz to‘xtamaymiz», dedi Turkiya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyusiyasini bajarish uchun Isroilga xalqaro bosimni kuchaytirish bo‘yicha jadal harakat qilmoqda.

«Turkiya davlati xuddi Suriya, Somali va Qorabog‘da bo‘lgani kabi G‘azoda ham imtihondan muvaffaqiyatli o‘tadi», deb ta’kidladi davlat rahbari.

Kiritildi: 05:17 31.03.2024. O'qildi: 1778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!