O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Al-Ain international cup o‘rtoqlik turniridagi g‘alabadan so‘ng o‘z Instagram sahifasiga post joyladi.
“Bizda maqsad bor: 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga puxta tayyorlangan va xabardor holatda yetib borish. Shuning uchun BAA’da o‘tkazilgan “Al-Ayn” xalqaro kubogida g‘alaba qozongan jamoam bilan faxrlanaman. Biz FIFA reytingida o‘zimizdan yuqorida turuvchi Misr va Eronni mag‘lub etdik. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Safar endi boshlanmoqda. Har kuni fidoyilik bilan ishlashni davom ettirishimiz kerak. Faqat shunda kelajakni barpo etishimiz mumkin. Biz - bir jamoa. O‘zbek xalqi - keling birgalikda orzu qilaylik”, - deb yozdi 52 yoshli italiyalik murabbiy.
O‘zbekiston kecha finalda Eronni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi - 0:0, penaltilar - 4:3.