Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Evroparlament Gruziyadagi saylovlarni tekshirishni talab qilmoqda

Evroparlament Gruziyadagi saylovlarni tekshirishni talab qilmoqda



«Deyarli uch hafta oldin men mamlakatning turli hududlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri manipulyasiyaga guvoh bo‘ldim», dedi kuzatuvchilar guruhining bir qismi bo‘lgan chexiyalik deputat Marketa Gregorova. O‘sha saylovlardagi keng ko‘lamli qonunbuzarliklar 13 noyabr kuni AP'da bo‘lib o‘tgan munozaralar mavzusiga aylandi.

«Ushbu saylovlar Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod mamlakat talab qiladigan standartlarga javob bermaydi», dedi Yevropa komissiyasi vise-prezidenti Margaritis Shinas. Biroq, barcha Yevroparlament deputatlari bu bahoga qo‘shilmagan. Bir qator o‘ta o‘ng va o‘ta so‘l siyosatchilar Gruziyada saylovlar demokratik mezonlarga javob bergani va Yevropa Ittifoqi ularning natijasini qabul qilib, mamlakat rasmiylari bilan hamkorlikni davom ettirishi kerakligini ta’kidladi.

Bryussel bir necha oy oldin Tbilisi bilan siyosiy aloqalarni qisqartirgan va Gruziya hukumatiga moliyaviy yordamni to‘xtatgan. YEI bilan munosabatlarni to‘liq tiklash uchun Gruziya Yevropa Komissiyasi tavsiya qilgan to‘qqizta qadamni qo‘yishi kerak. Ular orasida inson huquqlariga zid bo‘lgan «oilaviy qadriyatlar» va «xorijiy agentlar» haqidagi qonunlarni bekor qilish ham bor. Aks holda, Yevropa Ittifoqi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilishi mumkin. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar orasida «vizasiz» vizani bekor qilish, YEI yordamini to‘liq to‘xtatish va Gruziyani xalqaro siyosiy izolyasiya qilish kiradi.

Kiritildi: Bugun 14:39. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!