Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropaning eng islomofob va antisemit davlatlari ro‘yxati e’lon qilindi

A A A
Evropaning eng islomofob va antisemit davlatlari ro‘yxati e’lon qilindi

Amerikanig mashhur Pew tadqiqot instituti o‘zining navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Bu safar tashkilot mutaxassislari Yevropa mintaqasidagi islomofobik va antisemit kayfiyatni tahlil qildilar.

So‘rovnoma 15 ta Yevropa mamlakatida o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan 25 mingga yaqin kishi o‘z mamlakatlarida diniy huquqlar va erkinliklar, diniy marosimlarda aholining ishtiroki, biror dinning boshqa dinlarga nisbatan bag‘rikenglik darajasiga baho berdilar.

Tadqiqotchilarning hayratiga sabab bo‘lgan natijalar Italiyada qayd etildi. Shunday qilib, bu mamlakatda yashovchi so‘rovnoma qatnashchilarining 12 foizi yahudiylar bilan qo‘shni bo‘lishni istamasligini ochiq aytadilar, 21 foizi esa musulmonlar bilan birga yashashga rozi emasliklarini ta’kidlashgan.

Markaziy Yevropada bu kabi ko‘rsatkichlar ikki barobar kamroq, Gollandiya va Daniya kabi Shimoliy Yevropa mamlakatlarda esa deyarli nolga yaqin bo‘ldi.

Bundan tashqari, italiyaliklarning yarmidan ko‘pi Islom dinini ularning madaniyati va milliy qadriyatlariga mos kelmasligini aytishdi. Finlandiya aholisining 62 foizi ham xuddi shunday fikrda ekanligi tadqiqotchilarni yanada ajablantirdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 11:40 14.07.2018. O'qildi: 1709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik