Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Evropalik fermerlar "halokatli darajadagi past hosil"dan ogohlantirdi

Evropalik fermerlar "halokatli darajadagi past hosil"dan ogohlantirdi

Fransiya, Italiya va Ispaniyadagi sabzavot va don ishlab chiqaruvchilari uzoq davom etgan, rekord darajadagi issiqlik to‘lqinlari qurg‘oqchilik bilan birga kechganligi sababli "halokatli darajada past hosil" haqida xabar berishdi. Bu haqda The Guardian ma’lumot berdi.

​Evropaning eng yirik don ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Fransiyada makkajo‘xori hosili 35% ga kamayib, 9 million tonnaga yetishi kutilmoqda, bu pasayish oxirgi marta 1980 yilda kuzatilgan edi. Sabzavot ishlab chiqarish ham sezilarli darajada kamaydi: qovoq uchun 25%, no‘xat uchun 40%, brokkoli uchun 60% va artishok uchun 50% dan 100% gacha.

Fransiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qishki chorva mollari uchun pichan tayyorlash 1989-2018 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan taxminan 30% ga past bo‘lgan.

​O‘rtacha va kuchli qurg‘oqchilik Italiya qishloq xo‘jaligi yerlarining taxminan 60% ga ta’sir ko‘rsatdi. Fermerlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari milliy tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi, shuningdek, meva-sabzavot ishlab chiqarish keskin pasaydi, so‘t ishlab chiqarish esa 20% ga kamaydi. Ispaniyada Kastiliya va Leonda g‘alla hosili o‘tgan yilga nisbatan 35%, Madrid mintaqasida 49% va Andalusiyada 24% ga kam. Qo‘y va echki suti ishlab chiqarish ham mos ravishda 6,5% va 10,8% ga kamaydi. Ispaniya Vinochilar Milliy Federasiyasi 2026 yilda ishlab chiqarishning 20% ga pasayishini bashorat qilmoqda.

Kiritildi: 15:38 18.08.2026. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!