"Agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortsa, Yevropa davlatlari Kiyevga topshirish uchun Amerika qurollarini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bunday qaror Yevropa Ittifoqining o‘z qurol zaxiralarining cheklanganligi va ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi sababli qabul qilinishi mumkin", deb yozadi axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib.
Bloomberg'ning aniqlik kiritishicha, Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti Jo Bayden tomonidan ilgari tasdiqlangan yordam zaxiralari 2025 yil yozida tugashi mumkin.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Ukrainani qurollantirishni davom ettirish Rossiya armiyasi hujumini to‘xtatishda va urushni tugatish doirasida Vladimir Putinga bosimni kuchaytirishda yordam beradi.