Evropa Superligasi loyihachilari 2025 yildan yangi turnirni yo‘lga qo‘yishmoqchi.
AS'ning yozishicha, yangi musobaqa 2025 yil sentyabrda boshlanishi mumkin.
Avvalroq Superliga bosh direktori Bernd Reyhart musobaqani boshlash bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini e’lon qilgandi.
Funksionerning fikricha, Chempionlar Ligasining yangi formati umidlarni oqlamaydi.
Bungacha Yevropa sudi FIFA va UYEFAning Superliga tashkil etilishini bloklash bo‘yicha harakatlarini Yevropa Ittifoqining raqobat hamda xizmatlar ko‘rsatish erkinligi to‘g‘risidagi qonunchiligiga zid, degan qarorga kelgandi.