Ozarbayjon Yevropaga energiya manbalarini yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan biri sifatida Rossiyadan yetkazib berilayotgan ta’minotni almashtirishga urinishlar doirasida ko‘riladi. Biroq ta’minot taqdiri Janubiy Kavkazdagi vaziyatga bog‘liq, deb yozadi Forbes.
Armaniston-Ozarbayjon mojarosi zonasida Rossiya tinchlikparvar kontingentining mavjudligi va Rossiyaning Armaniston va Qorabog‘ separatistlari yetakchilari bilan yaqin aloqalari Moskvaga mintaqadagi vaziyatga jiddiy ta’sir o‘tkazish vositalarini beradi. Bir misol, oligarx Ruben Vardanyanning Qorabog‘ning yangi davlat vaziri sifatida paydo bo‘lishi. U bu lavozimni 2022 yilning sentyabridan 2023 yilning fevrali oxirigacha egallab kelgan.
Agar mintaqada Rossiyaning faol ishtirokida yangi urush boshlansa, G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSh va uning Yevropadagi ittifoqchilari, jumladan, Ozarbayjonga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin, bu esa Yevropa Ittifoqiga gaz va neft yetkazib berishni sezilarli darajada murakkablashtiradi.