Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Evropa parlamentning sog‘lom xodimi koronavirus sabab 41 yoshida vafot etdi

Evropa parlamentning sog‘lom xodimi koronavirus sabab 41 yoshida vafot etdi

Evropa parlamentida Texnik qo‘llab-quvvatlash direksiyasi xodimi bo‘lib ishlagan Jan-Karlo Agostino Di Mariya 41 yoshida COVID-19 koronavirusi infeksiyasi natijasida kelib chiqqan og‘ir asoratlardan vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jan-karlo sog‘lom va baquvvat bo‘lgan. Ammo infeksiyaga chalingach sun’iy nafas olish qurilmasiga ulangan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan bir necha kundan keyin vafot etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Agostino Di Mariya Italiyada tug‘ilgan va Belgiyada o‘sgan.

Hozirgi vaqtda Yevropa parlamenti a’zosi bilan aloqada bo‘lgan barcha odamlar shifokorlar tomonidan tekshirilmoqda.

Kiritildi: 19:26 26.03.2020. O'qildi: 2118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!