Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa komissiyasi TikTok orqali saylov manipulyasiyasi holatlarini tekshirmoqda

Evropa komissiyasi TikTok orqali saylov manipulyasiyasi holatlarini tekshirmoqda

"Biz demokratiyamizni har qanday xorijiy aralashuvdan himoya qilishimiz kerak", — dedi Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen.

Tekshiruv Ruminiya prezidentlik saylovlariga xorijiy aralashuvning jiddiy dalillari asosida boshlangan. Bryusselning ma’lum qilishicha, fevral oyida Germaniya Bundestagiga va 29 dekabrda Xorvatiyada boshlanadigan prezidentlik saylovlariga shunga o‘xshash aralashuv tahdidi mavjud.

TikTok egasi Xitoyning Bytedance kompaniyasi Yevropa komissiyasiga ijtimoiy tarmoqdagi faoliyati haqida barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etganini bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, TikTok'da to‘langan siyosiy reklama mavjud emas. Qolaversa, dezinformasiya va nafrat tarqatishga qarshi qoidalarni buzadigan kontent o‘chiriladi.

Kiritildi: 16:12 18.12.2024. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!