Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropa kengashi rahbari Antoniu Koshta Kiyevga keldi

Evropa kengashi rahbari Antoniu Koshta Kiyevga keldi

Evropa kengashi raisi Antoniu Koshta rasmiy tashrif bilan Ukraina poytaxti Kiyevga keldi. U 24 avgust kuni Kiyevda bo‘lib o‘tadigan "Xohlovchilar koalisiyasi" yig‘ilishida ham ishtirok etadi.

Koshta Kiyevga kelgani haqida X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Men YEI tomonidan ko‘rsatilayotgan o‘zgarmas qo‘llab-quvvatlashni yana bir bor ta’kidlash uchun shu yerdaman", — deb yozdi Yevropa kengashi raisi.

Koshtaning Kiyevga tashrifi Ukraina Mustaqillik kuni munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Ukraina poytaxtiga Yevropa davlatlarining boshqa bir qator rahbarlari ham kelgan.

Kiritildi: 12:09 24.08.2026. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik