Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa Ittifoqining yettita davlati Ukraina uchun snaryadlarga buyurtma berdi

A A A
Evropa Ittifoqining yettita davlati Ukraina uchun snaryadlarga buyurtma berdi

Evropa Ittifoqining yettita davlati Ukraina uchun snaryadlarga buyurtma berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Axborot agentligining yozishicha, Yevropa Ittifoqining yettita mamlakati G‘arb tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan gaubisalar uchun 155 mm o‘lchamli artilleriya snaryadlariga buyurtma bergan. Snaryadlar Kiyevga topshirilgan Germaniyaning Panzerhaubitze 2000, Fransiyaning Caesar, Polshaning Krab va Slovakiyaning Zuzana gaubisalari uchun mo‘ljallangan.

Evropa davlatlari nomi oshkor etilmagan pudratchilar bilan Yevropa Mudofaa Agentligi orqali ushbu snaryadlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzoladilar.

Reuters'ning qo‘shimcha qilishicha, buyurtmalar Yevropa Ittifoqining Ukrainaga bir yil ichida millionlab artilleriya snaryadlari va raketalarini yetkazib berish bo‘yicha mart oyida boshlagan global rejasining bir qismidir. Rejaning umumiy qiymati kamida 2 milliard yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 15:24 30.09.2023. O'qildi: 2035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!