Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqida Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborish bo‘yicha kelishuv yo‘q — YEI diplomatiyasi rahbari

Evropa Ittifoqida Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborish bo‘yicha kelishuv yo‘q — YEI diplomatiyasi rahbari


"Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar hali ham YEI harbiy ta’lim missiyasini Ukrainada o‘tkazish bo‘yicha konsensusga erisha olishmadi", — dedi Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Jozep Borrel Kiyevda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan qo‘shma matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday kelishuvga hali ham kelajakda erishish mumkin. Borrel, shuningdek, YEI 2024 yil oxirigacha 75 ming nafar ukrainalik askarni tayyorlashini eslatdi.

"Mening vazifam ushbu missiyani bajarishga harakat qilish va ukrainalik askarlarning soni ortib borishiga erishish", — deya qo‘shimcha qildi Borrel.

Bir kun avval Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha YEI harbiy o‘quv missiyasi mandatini 2026 yilning noyabrigacha uzaytirib, buning uchun 409 million yevro ajratilishini e’lon wilgan edi.

"Missiya 2022 yil 17 oktyabrda tashkil etilgan bo‘lib, shu vaqtgacha uning doirasida 63 mingga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilar YEIda tayyorgarlikdan o‘tgan", deb yozadi Ukrainaning “Evropeyskaya pravda” nashri.

Kiritildi: 16:21 10.11.2024. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!