Evropa davlatlari Xalqaro jinoiy sudning Netanyaxu va Galantni hibsga olish orderlariga rioya qilishlarini ma’lum qildi.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi: “Parij Xalqaro jinoiy sudning Netanyaxuni hibsga olish haqidagi qarori asosida sud tamoyillariga amal qiladi”
Belgiya Bosh vaziri o‘rinbosari: “Xalqaro jinoiy sudi Netanyaxu, Gallant va Al-Deyfni hibsga olish uchun order berdi va biz unga rioya qilishimiz kerak.”
Niderlandiya tashqi ishlar vaziri: “Agar Netanyaxu Gollandiya tuprog‘iga qadam qo‘ysa, Xalqaro Jinoyat Sudi buyrug‘i asosida uni hibsga olamiz.”
Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Borrell: «Evropa Ittifoqi Xalqaro sudning Netanyaxu va Galantga qarshi ayblovlarini tan oladi va majburiy deb hisoblaydi.»