Evropa Ittifoqi tashqi ishlar xizmati vakili Nabila Masrali Yevropa Ittifoqi Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Ukrainaga yangi yordam paketi doirasida kassetali o‘q-dorilarni yetkazib berish masalasi o‘q-dorilar yetkazib beruvchi davlatlarga ham, Ukrainaning o‘ziga ham tegishli, deb yozadi “TASS”.
Masralining qo‘shimcha qilishicha, umuman olganda, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga o‘zini himoya qilish uchun o‘q-dorilar yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlaydi.