Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborish masalasini muhokama qilmoqda — Welt am Sonntag

Evropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborish masalasini muhokama qilmoqda — Welt am Sonntag

Nashr manbalarga tayanib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mudofaa va tashqi ishlar vazirlari kelasi haftada bu masalani muhokama qilishlarini ma’lum qildi. Yakuniy qaror noyabr oyidan kechiktirmay qabul qilinishi kutilmoqda. Bundan oldin instruktorlar Ukraina armiyasini faqat Yevropa Ittifoqida, asosan Polsha va Germaniyada tayyorlagan.

Shuningdek, gazetaning yozishicha, hozir Bryusselda rasmiylar o‘rtasida maxfiy hisobot tarqatilmoqda, bu muhokama uchun asos bo‘ladi. Hisobot mualliflari yevropalik harbiy instruktorlarni Ukrainaga jo‘natishning afzalliklarini sanab, Rossiya Federasiyasining mumkin bo‘lgan "keskin reaksiyasi" va yevropalik instruktorlarga zarba berilishi haqida ogohlantiradilar.

Ukrainaga instruktorlarni yuborish Fransiya, Polsha, Daniya, Shvesiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Germaniya, Avstriya, Sloveniya, Vengriya va Malta bunga qarshi.

Kiritildi: 17:57 24.08.2024. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!