Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Ukrainadan “Drujba” neft quvuri ta’mirini tezlashtirishni talab qilmoqda — “Ozodlik radiosi”

Evropa Ittifoqi Ukrainadan “Drujba” neft quvuri ta’mirini tezlashtirishni talab qilmoqda — “Ozodlik radiosi”

Avvalroq Ukraina quvurga dron zarbasi natijasida zarar yetkazilganini ma’lum qilgan edi.

Evrokomissiya ma’lumotiga ko‘ra, Bryussel Ukrainadagi vakolatli organlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, neft yetkazib berishni imkon qadar tezroq tiklashga harakat qilmoqda.

Neft oqimi to‘xtatilishi fonida, Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Kiyevni jarayonni cho‘zayotganlikda ayblab, vaziyatni “siyosiy shantaj” deb atagandi.

Shu bilan birga, Bryussel Vengriya va Slovakiyada strategik neft zaxiralari mavjudligi sabab ushbu mamlakatlar uchun qisqa muddatli istiqbolda energetika xavfsizligiga tahdid yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 17:40. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!