Evropa Ittifoqi Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan Fransiyaga joriy yil oxirigacha 300 million yevro ajratadi . Bu haqda Fransiya mudofaa vazirligi saytida xabar berildi.
« Yevropa komissiyasi bu yil Ukraina uchun o‘q-dorilar, artilleriya va havo hujumidan mudofaa vositalarini tezkor xarid qilish uchun Qurol-yarog‘ bosh boshqarmasiga 300 million yevro yuboradi», — deyiladi bayonotda.