Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi TikTok’ni 530 mln yevro miqdorida jarimaga tortdi

Evropa Ittifoqi TikTok’ni 530 mln yevro miqdorida jarimaga tortdi

Irlandiya Ma’mulotlarni himoya qilish komissiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasini 530 million yevro jarimaga tortdi.

Qayd etilishicha, jarima TikTok yevropaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini Xitoyga noqonuniy ravishda yuborgani va foydalanuvchilar bilan yetarlicha shaffof bo‘lmagani sabab belgilangan.

Kompaniya ma’lumotlarni Xitoyga o‘tkazgani uchun 485 million yevro va maxfiylik siyosatida shaffoflik yo‘qligi uchun 45 million yevro jarimaga tortildi.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya TikTokʼning yevropalik foydalanuvchilari ma’lumotlarini Xitoydagi serverlarda saqlagan, natijada XXR hukumati ulardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin. Bu yevropaliklarga oid ma’lumotlarni boshqa davlatlar hukumatlariga berishni taqiqlovchi YEI qoidalariga zid hisoblanadi.

Bu jarima Irlandiya regulyatori tomonidan qo‘llanilgan eng yirik jarimalar orasida uchinchi o‘rinni egalladi.

TikTok vakillari regulyator qarori ustidan shikoyat kiritishlarini bildirib, ular hech qachon Xitoy hukumatidan Yevropa fuqarolariga oid ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha so‘rov olmagani va bunday ma’lumotlarni hech kimga taqdim etmaganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 10:33 03.05.2025. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!