Energetika bo‘yicha Yevrokomissar Kadri Simons yil oxirida Ukraina orqali Rossiya gazini yetkazib berish tugashini aytdi. “Men Rossiya va 'Naftogaz' o‘rtasidagi shartnomani tugatishga tayyor ekanimizni tasdiqladim. 14 milliard kub metr Rossiya gazini almashtirish imkoniyatlari mavjud”, dedi u.
Simons Rossiya gazidan foydalanish “xavfli siyosiy tanlov” va uni davom ettirishga “hech qanday asos yo‘qligi”ni ta’kidladi.