Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Maduroning Venesuela prezidenti etib qayta saylanganini tan olmasligini bildirdi

Evropa Ittifoqi Maduroning Venesuela prezidenti etib qayta saylanganini tan olmasligini bildirdi

Evropa Ittifoqi Maduroning Venesuela prezidenti etib qayta saylanganini tan olmasligini bildirdi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xalqaro kuzatuvchilar joriy yilning 29 iyul kuni Venesuelada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida ovoz berishni tashkil etishning xalqaro standartlarga mos kelmasligi ko‘rsatgan va Venesuela saylov komissiyasi hali ham saylov uchastkalaridan Nikolas Maduroning saylovdagi g‘alabasini tasdiqlovchi protokollarni e’lon qilmagan. Shu bilan birga, komissiya allaqachon mamlakat rahbarini qayta saylangan rahbar deb e’lon qilgan.

"Bryussel Maduroning qonuniyligini tan olmaydi, mamlakatda prezidentlik saylovi avvalgi saylovlarga o‘xshash ssenariy bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Maduro rejimi muxolifatni ta’qib qila boshladi va mamlakatda siyosiy inqiroz boshlandi", — deya ta’kidladi Borrel.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar muholifat vakili Edmundo Gonsalesni saylovda g‘olib deb tan olganini rasman e’lon qilgandi. Shuningdek, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Venesueladagi siyosiy kuchlar prezidentlik vakolatlarini muxolifat yetakchilaridan biri Gonsalesga topshirish masalasini muhokama qilishni boshlashi vaqti kelganini bildirgan edi.

Kiritildi: 11:30 05.08.2024. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!