"El País" nashrining xabar berishicha, Bryussel yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan energiya tanqisligiga qarshi maxsus choralar paketini ishlab chiqyapti. Ushbu rejaga ko‘ra, binolardagi kondisionerlar haroratini nazorat qilish, masofaviy ishlashni rag‘batlantirish va aviaparvozlarni cheklash ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining ayrim a’zolari Rossiyadan energiya resurslarini sotib olishni qayta tiklash masalasini ko‘tardi. Bu taklif mintaqadagi energetik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surilmoqda, deyiladi xabarda.