Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

“Evropa Ittifoqi Donald Trampning boj tariflariga javob qaytarishga tayyor” — Yevropa komissiyasi prezidenti

“Evropa Ittifoqi Donald Trampning boj tariflariga javob qaytarishga tayyor” — Yevropa komissiyasi prezidenti

Samarqandda “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oldidan Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Donald Tramning 180 dan ortiq mamlakatga bojlar joriy etish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.

“Biz bojlarga javoban birinchi chora-tadbirlar paketini tayyorlayapmiz”, dedi u.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Yevropa o‘z manfaatlari va biznesni himoya qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarga ham tayyorgarlik ko‘rayotgani aytildi.

Avvalroq Donald Tramp AQShga import qilinadigan tovarlarning ko‘pchiligiga 10 foizlik minimal bojni e’lon qilgandi (O‘zbekiston uchun 10%). Bu Yevropa Ittifoqi uchun 20 foizdan yuqori bo‘lgan – inflyasiyani oshirish hamda AQSh va jahon miqyosidagi iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qiluvchi global savdo urushiga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 13:18 03.04.2025. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!