Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi AQShdan olimlarni o‘ziga jalb qilish strategiyasini ishlab chiqmoqda

Evropa Ittifoqi AQShdan olimlarni o‘ziga jalb qilish strategiyasini ishlab chiqmoqda

Evropa Ittifoqi AQShdan olimlarni o‘ziga jalb qilish strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Nashrining xabar berishicha, Germaniya, Fransiya, Ispaniya kabi 12 ta Yevropa davlati YEIning innovasiyalar bo‘yicha komissariga xat yo‘llagan. Unda Yevroittifoq ilmiy tadqiqotlarga ko‘mak va moliyalashtirishning asossiz qisqarishi tufayli qiyin vaziyatga tushgan AQSh olimlarini jalb qilishi lozimligi ta’kidlangan.

EI bu borada maqsadli moliyalashtirish, immigrasiya tuzilmasi va boshqa yetakchi ilmiy davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi chora-tadbirlarni rejalashtirmoqda.

Maktubni imzolagan davlatlar Yevrokomissiyadan yaqin haftalarda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar tadqiqotlar bo‘yicha vazirlarining yig‘ilishini tashkil etishni so‘ramoqda. Unda mazkur strategiyani amalga oshirish bo‘yicha batafsil reja muhokama qilinadi.

Kiritildi: 16:31 20.03.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!