Evropa Ittifoqi AQSh prezidenti Donald Trampning import bojlarini joriy etishni 90 kunga kechiktirish haqidagi qarorini "engillik bilan qabul qildi", ammo savdo to‘siqlarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ham qattiq qarshi choralarni qo‘llashga tayyor. Bu haqda TASS yozmoqda.
Evropaning Politico nashri Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birining diplomatining so‘zlaridan iqtibos keltiradi: "Keling, gaplashaylik va bu safar jiddiy, aks holda baribir javob choralarini ko‘ramiz".
Yana bir yevropalik diplomat Bryussel va Vashington bo‘lajak savdo kelishuvi parametrlari bo‘yicha kelishib olishlari kerak bo‘lgan vaqt chegarasidan xavotirda ekanini aytdi.
"Qo‘shma Shtatlarga qiladigan har qanday taklif Jahon Savdo Tashkiloti qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak", — deb ishontirdi Yevropa komissiyasining AQSh bilan savdo muzokaralaridagi sobiq vakili Ignasio Garsiya Bersero.
Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi "belgilangan qoidalarga e’tibor bermaslikka qaror qilgandek taassurot qoldirishga yo‘l qo‘ymaydi".