Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa davlatlaridan boshpana so‘rovchilar soni kamaymoqda

Evropa davlatlaridan boshpana so‘rovchilar soni kamaymoqda

"2024 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Norvegiya va Shveysariyada boshpana olish uchun birlamchi arizalar soni taxminan 12%ga kamayib, 1,008 millionni tashkil etdi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 1,14 million edi", deb xabar bermoqda Yevropa Ittifoqining Boshpana masalalari bo‘yicha agentligi.

Germaniya boshpana olish uchun birlamchi arizalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda: o‘tgan yili deyarli 236 mingta ariza topshirilgan. Ikkinchi.Ikkinchi o‘rinda Ispaniya (165,4 ming), undan keyin Fransiya (158,5 ming) va Italiya (154,8 ming) joylashgan. 2024 yilda boshpana olish bo‘yicha eng kam ariza Vengriyada topshirilgan – atigi 29 ta.

O‘tgan yili Yevropa Ittifoqi davlatlaridan boshpana so‘rovchilarning asosiy qismi Suriyadan (15%) bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston (8,7%), Venesuela (7,3%) va Turkiya (5,5%) turibdi.

Kiritildi: Bugun 11:04. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!